Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Britaniya hukumatiga syurpriz va'da qildi. Bu haqda u «Rossiya 1» telekanalidagi «Voskresnyy veçer s Vladimirom Solovevym» körsatuvi davomida aytib ötdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Zaxarova sözlariga köra, Britaniyaning Skripal işi böyiça harakatlari mamlakat hukumati «dunyo miqyosidagi qora piar» konsepsiyasiga ötganidan dalolat beradi. Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Rossiyaga qarşi axborot kampaniyasi yaxşi darajada işlab çiqilmagan.

«Bizda Rossiyani Uçinçi reyx bilan taqqoslaşga jazm qilgan, bunga beti çidagan barçaga syurpriz bor», - deya qöşimça qilib ötdi Zaxarova.

Eslatib ötamiz, avvalroq «Bi-bi-si» telekanali Skripal Putinga xat yuborib, keçirişni söragani haqida xabar bergandi. Xabar qilinişiça, Skripal özini sotqin deb hisoblamagan, sababi «u Rossiyaga emas, balki Sovet Ittifoqiga, sotsialistik vataniga sodiq böliş haqida qasamyod keltirgan». Aytilişiça, Skripal Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yuborib, unda «butunlay keçiriş» va vatanga qaytiş imkoniyatini taqdim etişni söragan.