Afğoniston muammosiga bağişlangan va uşbu davlatda tinçlik örnatişni boş maqsad qilgan Toşkent konferensiyasi doirasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Afğoniston Prezidenti Muhammad Aşraf Ğani bilan uçraşadi. Bu haqda Xalqaro simpoziumlar saroyida uşbu konferensiya Matbuot markazi rahbari Şerzodxon Qudratxöjayev ma'lum qildi.
Bundan taşqari, davlat rahbari 26 mart kuni AQŞ davlat departamenti siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennonni qabul qiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 mart kuni YeI xavfsizlik va taşqi siyosat masalalari oliy komissari Federiko Mogerini, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğli hamda Pokiston taşqi işlar vaziri Xavaj Muhammad Asifni qabul qiladi.
Ayni vaqtda Simpoziumlar saroyida Konferentsiya matbuot markazi rahbari Şerzodxon Qudratxöjayev, Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev hamda ekspert Abdusamat Haydarov iştirokida navbatdagi sessiya bölib ötmoqda.













