Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko favqulodda vaziyatlar vazirligiga respublikadagi barça savdo markazlarining yonğin xavfsizligiga muvofiqligini tekşiriş topşiriğini berdi. Uning bu topşiriği Rossiyaning Kemerovo şahridagi “Zimnyaya vişnya” savdo markazida yuz bergan yirik yonğin bilan boğlangan.

“Davlat rahbari favqulodda vaziyatlar vazirligiga kompleks reja tuzib, oy oxirigaça savdo markazlarini tekşirişni taşkillaştiriş topşiriğini berdi”, deb aytgan vazirlik rahbari Vasiliy Vaşenko.

Uning aytişiça, birinçi navbatda obektlarda xavfsizlikni, favqulodda vaziyat vaqtida evakuatsiya yöllarini ta'minlaş masalalari körib çiqiladi.

“Şubhasiz, bunga jiddiy yondaşiş lozim, çunki biz Kemerovodagi yonğin kabi fojialarning bizda bölişiga yöl qöya olmaymiz”, deb ta'kidlab ötgan Vaşenko.