Uç yil içida oyiga bir milliard faol foydalanuvçi — bu körsatkiç ÇatGPT’ni tarixdagi eng tez ommalaşgan ilovaga aylantirdi. Uşbu natijaga erişiş uçun Google Maps, TikTok va YouTube’ga beş yildan sakkiz yilgaça vaqt kerak bölgandi.

Bu ixtisoslaşgan konsalting kompaniyasining hisob-kitobi asosidagi ma’lumot bölib, unda faqat mobil ilovadan foydalanuvçi faol auditoriya inobatga olingan hamda veb-versiya va dasturçilar uçun interfeys hisobga olinmagan.

Şu bilan birga, hisob-kitoblarda ilovani har kuni ertalab oçadigan odam bilan undan bir oyda bir marta foydalanganlar ham bir xil tarzda hisoblangan.

Yana bir jihat — ösiş sur’ati. Agar ChatGPT bir yil içida 62 foizga ösgan bölsa, uning asosiy raqobatçisi bölgan Anthropic kompaniyasining 56 million foydalanuvçiga ega Claude ilovasi 640 foizlik ösişni namoyiş etmoqda.

Ayni paytda ChatGPT ommaviy segmentda ustunlik qilmoqda, Claude esa dasturçilar orasida va korporativ muhitda mustahkam örin egallagan.

Har ikki kompaniya bir-biridan bir neça haftalik farq bilan birjaga çiqişga tayyorgarlik körmoqda.