Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: toliblarning muzokaralarga roziligi BMT XK talablari tan olinishini anglatadi
Toliblarning muzokaralar stoliga o‘tirishga rozi bo‘lgani ular BMT Xavfsizlik Kengashining afg‘on masalasi bo‘yicha talablarini qabul qilishga tayyorligini anglatadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.
"Eslatib o‘taman, BMT XKda avval hech kim bekor qilmagan, toliblarni Afg‘oniston konstitutsiyasini tan olish asosida muzokaralar stoliga o‘tirishiga, terrorchilar bilan aloqalar va afg‘on muammosini kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilish harakatlaridan voz kechishga chaqiruvchi bo‘lgan qarorlar qabul qilingan, - deb ta'kidlab o‘tdi u. – O‘ylashimcha, agarda toliblar muzokaralar stoliga o‘tirsa, bu ular aynan shunday yo‘ldan ketishga rozi ekanini bildiradi".
Rossiya TIV rahbarining e'tibor qaratishicha, “Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani toliblarni muzokaralarga jalb etish g‘oyasini bugun ham navbatdagi marta tasdiqladi", u “toliblar bilan dastlabki shartlarsiz muzokaralar” haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri aytdi.
"Toliblarning terrorchilik faoliyatiga jalb etilganligiga keladigan bo‘lsak, bu saqlanib qolmoqda, - deya davom etdi vazir. – Yaqinda ular elektr uzatish liniyasini portlatib yuborishdi va Afg‘onistonning aksariyat hududini ikki kunga elektr energiyasisiz qoldirishdi".
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026