Toşkent şahrida taşkillaştirilgan Afğoniston masalasiga bağişlagan xalqaro konferensiyada nutq sözlayotgan Özbekiston Respublikasi Şavkat Mirziyoyev afğon xalqi uruş va muhtojlikdan çarçagani haqida gapirib ötdi.
«Eng yomoni Afğonistondagi qurolli qarama-qarşilik va zöravonlik şaroitida butun bir avlod voyaga yetdi. Lekin bu, ayrim ekspertlar andişasizlarça ta'kidlayotganidek, «boy berilgan avlod» emas. Ular uruş, muhtojlik va qiyinçiliklardan çarçagan odamlar, xolos. Ular özaro nizoga çek qöyib, tinç hayotga, öz mamlakatini taraqqiyot va farovonlikka olib boradigan bunyodkor mehnatga qaytişni xohlaydi va şunga intiladi», deb nutqini davom ettirdi prezident.
Anjumanda iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, prezident qat'iy ravişda afğon xalqida öz farzandlari va kelajak avlodlarining baxt-saodati yölida yangi, tinç hayotni boşlaş va barpo etiş uçun kuç-ğayrat, donişmandlik, mardlik va matonat yetarli ekanini ta'kidladi.
Şavkat Mirziyoyev bugungi anjumanda iştirok etayotgan davlatlar va nufuzli xalqaro taşkilotlar bu jafokaş mamlakatdagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etişga kömaklaşişda muhim rol öynaşga qodir ekanini yana bir bor eslatib ötdi.













