Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston masalasi O‘zbekiston uchun nega muhimligini bildirdi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida» bir muddatga xalqaro siyosatda «unutilgan» Afg‘onistondagi vaziyat o‘z keskinligi va jiddiyligini yo‘qotmaganini ta'kidladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri davlat rahbari 27 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada bildirgan nutqiga asosan xabar berdi.
Prezidentning ta'kidlashicha, anjumanning o‘tkazish taklifi va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bog‘liq.
Birinchidan, tashabbus O‘zbekistonning tashqi siyosat kontsyeptsiyasiga to‘liq mos keladi. Bu kontsyeptsiyada avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Ikkinchidan, O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-tsivilizatsion makonda yashab kelgan.
Uchinchidan, xavfsizlik yagona va bo‘linmasdir va uni faqat birgalikda sa'y-harakatlar bilan ta'minlash mumkin. Xalqlar xavf-xatarlarni ba'zi birlarini «o‘zimizniki», boshqasini esa «birovniki», deb qabul qilmasligi kerak. Afg‘oniston xavfsizligi - bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotining garovidir.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish bo‘yicha tajribaga ega. O‘zbekistonning tashabbusi bilan 1999 yilda Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, Rossiya va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida «6+2» guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Bu uchrashuvda Shimoliy Ittifoq va «Tolibon» harakati vakillari ham ishtirok etgan.
«Aynan mana shuning uchun ham O‘zbekiston butun dunyo mamlakatlarini bizning ezgu ishdagi sa'y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashga da'vat etaman», deydi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi bo‘yicha milliy dastur amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 12:25
-
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
Jahon | 12:24
-
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
Sport | 12:05
-
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi
O‘zbekiston | 11:53
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024