Bugun, 26 mart kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Tomas Şennonni qabul qildi. U mamlakatga Afğoniston böyiça «Tinçlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy özaro aloqalar» yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada iştirok etiş kelgan AQŞ AQŞ delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari mehmonni taşrifi bilan qutlar ekan, qöşma sa'y-harakatlar tufayli özbek-amerika munosabatlari yangi rivojlaniş dinamikasiga ega bölganini alohida ta'kidlab ötdi. Oliy va yuqori darajadagi ikki tomonlama aloqalar Özbekiston bilan AQŞ örtasidagi strategik şeriklikni mustahkamlaşga, uni yanada töldirişga yordam beradi.
Ikki mamlakat örtasidagi muntazam siyosiy muloqotga yuksak baho berildi. AQŞning yetakçi kompaniyalari va banklari bilan savdo, sarmoya hamda yuqori texnologiyalar sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş muhimligi qayd etildi.
Uçraşuvda Afğonistondagi vaziyat haqida fikr almaşildi. Ta'kidlandiki, tomonlar afğon mojarosini hal etiş uçun tinç siyosiy jarayonning tezroq boşlanişi tarafdoridir.
Afğoniston hukumatining mamlakatdagi tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, bu davlatning mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik jarayonlariga integratsiyalaşuvi borasidagi sa'y-harakatlari qöllab-quvvatlanişi tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti AQŞ prezidenti Donald Trampga Afğoniston böyiça Toşkent konferensiyasini ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatlagani va uning işida AQŞning nufuzli delegatsiyasi iştirok etayotgani uçun minnatdorlik bildirdi.
AQŞ Davlat kotibi örinborasi Tomas Şannon uşbu forumda iştirok etişga taklif etilgani uçun samimiy minnatdorlik bildirdi. Uşbu muhim xalqaro tadbirning öz vaqtida ötkazilayotgani va dolzarbligiga alohida e'tibor qaratildi.
Amerikalik diplomat mamlakatda davlat boşqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça özgarişlar, şuningdek, iqtisodiy islohotlar yuqori baholadi.
Mamlakat rahbariyati nomidan u AQŞ Özbekiston bilan köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş va strategik şeriklikni mustahkamlaş tarafdori ekanini yana bir bor tasdiqladi.












