Toshkent şahar hokimi 2018 yilning 26 mart kuni “Toshkent şahrida 2017-2018 yilgi isitiş mavsumini yakunlaş töğrisida”gi 471-sonli qarorga imzo çekdi. Unga köra, 26 mart kunidan boşlab poytaxtdagi markazlaşgan issiqlik ta'minotidan foydalanuvçi-iste'molçilarni issiqlik bilan ta'minlaş, ya'ni isitiş mavsumi yakunlandi. Bu haqda Toshkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Şu bilan birga, qarorda “Toşissiqquvvati” IÇB UK, “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi” AJ, tuman hokimliklari hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlariga 2018-2019 yilgi isitiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini olib boriş böyiça tegişli topşiriqlar berilgan.












