Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Iroqda Bag‘dod roziligisiz amaliyot boshlamaslikka va'da berdi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim iroqlik hamkasbi Haydar al-Obodiy bilan suhbatda Turkiya Iroqda Bag‘dod roziligisiz harbiy amaliyot boshlamasligiga va'da berdi. Bu haqda al-Obodiy matbuot xizmati bayonotida ma'lum qilindi.
26 martda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar Iroq mustaqil ravishda Sinjar shahrini Kurdiston ishchi partiyasi a'zolaridan tozalay olmasa, Anqara buni qilish uchun barchasiga tayyorligini aytgan. Avvalroq Erdo‘g‘an Iroq hukumati Kurdiston ishchi partiyasi otryadlarini hayday olmasa, Sinjarga qarshi qo‘qqisdan amaliyot boshlash bilan tahdid qilgan.
Bayonotga ko‘ra, Yildirim “Iroq va Turkiya hukumatlari o‘rtasida Iroq hududida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilariga qarshi amaliyot o‘tkazish bo‘yicha kelishuv yo‘qligini” tasdiqlagan. “Biz shuni aytmoqchiydikki, Iroq hukumati roziligisiz biror bir amaliyot o‘tkazmaymiz va ular bilan bu borada kelishib olganimizni nazarda tutmaganmiz”, deb aytgan Yildirim.
O‘z navbatida, al-Obodiy chegara Iroq kuchlari nazoratida ekanligini va Bag‘dod Iroq hududidan Turkiyaga biror-bir jangari o‘tishiga qarshi ekanligini aytgan.
Yildirim, shuningdek, Iroqni terrorchilik guruhlari ustidan g‘alaba qilgani va mamlakat shimolidagi Irbil va Sulaymoniyada aeroportlar ochilgani bilan tabriklagan hamda Turkiya Iroq Kurdistoni bilan aviaaloqani tiklash haqidagi qarorni tasdiqlaganini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026