Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammitida o‘ziga nisbatan adolat ko‘rmadi – Yildirim
Anqara Varnada o‘tgan Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammitida o‘ziga nisbatan teng huquqli munosabatni uchratmadi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim aytib o‘tdi.
Yevropa Ittifoqi yetakchilari va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida o‘tgan sammit 26 martda Bolgariyaning Varna shahrida bo‘lib o‘tdi.
“Ikki tomon qiziqish bildirayotgan Bojxona ittifoqini ko‘rib chiqish ishlari ma'nisiz kutish holatiga o‘tkazildi. Turkiya qurolli kuchlarining chegaralarimiz xavfsizligini ta'minlash va davlatimizdagi qochqinlarning o‘z yurtlariga qaytarish maqsadida o‘tkazayotgan amaliyotlari Yevropa Ittifoqi tomonidan muntazam tanqidga uchramoqda. Varnada, har doimgidek, Anqara halol va ochiq pozitsiyani egalladi. Prezident Erdo‘g‘an suhbatdoshlarimizga barcha dalillar, hujjatlar va axborotni taqdim qildi. Shunga qaramay, Turkiya-Yevropa Ittifoqi sammitida biz Anqaraga nisbatan teng huquqli munosabatni ko‘rmadik”, deb aytgan Yildirim Turkiyaning yetakchi Adolat va rivojlanish partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida.
Uning aytishicha, Turkiya 2016 yil martda imzolangan migratsiya kelishuvi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarib, Yevropa davlatlariga Iroq va Suriyadan qochqinlar oqimini to‘xtatdi. Yevropa Ittifoqi bunga javoban Turkiya fuqarolari uchun turistik vizalarni bekor qilishi kerak edi, biroq buni qilmadi.
Yildirimning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Turkiyaga qochqinlarga sarflangan xarajatlar uchun 3,3 mlrd yevro miqdorida moddiy yordam to‘lashi kerak edi, biroq byurokratik sustkashlik sababli buni ham amalga oshirmagan.
Bosh vazirning ta'kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Turkiyadagi 2016 yil 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinishda unga yetarlicha ko‘mak ko‘rsatmagan, aksincha, Anqara isyonchilarga qarshi qo‘llagan choralarni Turkiyani Yevropa Ittifoqiga olmaslik vaji sifatida qo‘llagan.
Turkiya 1963 yilda Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya haqida kelishuv imzolagan, 1987 yilda esa ittifoqda a'zolikka ariza bergan. Biroq Turkiyaning Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirishi bo‘yicha muzokaralar 2005 yildagina boshlangan va kelishmovchiliklar sababli bir necha marta to‘xtab qolgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026