Vaşingtonda AQŞ va Rossiya diplomatlarining navbatdagi sirtdan bir-birini ayblaşlari kuzatildi. Bunga davlat departamentining Rossiyani dengiz tubidan çiqqan mahluqqa qiyoslagani sabab böldi. Rossiya elçixonasi bunga javoban natsistlar taşviqotini yodga olişdi.
Gap şundaki, davlat departamenti rasmiy vakili Hezer Nauert doimiy brifinglardan birida Rossiyani dengiz mahluqiga taqqoslagan. Brifing çoğida Assoşieyted Press jurnalisti Mett Li Rossiyaning 60 diplomati çiqarib yuborilganidan söng, Amerikadagi bölajak saylovlar xavfsiz böladimi, degan savol bilan murojat qilgan.
"Biz buning natijasida AQŞdagi saylovlar xavfsiz böladi, deya olmaymiz. Rossiyaning uzun qöllari, köplab tutqiçlari bor. Bizningça, ular bizdagi va boşqa mamlakatlardagi saylovlarga qiziqişni davom ettiradi", — degan Nauert.
Hayratlangan jurnalistning qayta savoliga davlat departamenti rasmiysi "u dengiz ostidan çiqqan maxluqdir", deya javob qaytargan.
Rossiya elçixonasi öz navbatida Twitter sahifasida "Bugun biz davlat departamentining rasmiy vakili ijrosidagi "Katta bolşevizmga qarşi tomoşa"ga guvoh böldik" deya yozdi.
Eslatib ötamiz, Buyuk Britaniyada rossiyalik sobiq josus Sergey Skripal va uning qizi zaharlanganidan söng, Ğarb mamlakatlari va Rossiya örtasidagi diplomatik munosabatlar taranglaşmoqda.












