Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, mamlakatlar rasmiy şaxslarining futbol böyiça jahon çempionatiga kelmaslik haqidagi qarori bayramga salbiy ta'sir körsata olmaydi. Amaldorning sözlari TASS tomonidan keltirilgan.

«Rasmiy şaxslarning futbol böyiça jahon çempionati doirasida u yoki bu tadbirga borişdan boş tortişi sport bayramiga salbiy ta'sir körsatmasligi aniq», - deya aytib ötdi Peskov.

Uning ta'kidlaşiça, jahon birinçiligidagi asosiy narsa – bu rasmiy vakillarning kelişi emas, balki jamoalar öyini.