​​Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyati Pop tuman sudi “Umid” mahalla fuqarolar yiğini binosida oçiq sayyor sud majlisida Rahmatullo Jörayevga nisbatan jinoyat işini körib çiqdi va u oqlandi. Sud tajribasida tobora köpayib borayotgan bunday voqeaning tafsiloti quyidagiça yuz bergan. Sud hujjatlariga köra, R. Jörayev Namangan viloyat IIB HOOB odamlardan foydalaniş uçun ularni yollaş bilan boğliq va axloq-odob doirasidagi huquqbuzarliklarni oldini oliş bölinmasi inspektori lavozimida işlagan.

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, Jörayev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining «b» bandi bilan ayblangan.

Dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvçi mas'ul lavozimda işlab kelib, 2013 yil yanvar oyi boşlarida viloyat IIBda norasmiy ravişda iş örganişda yurgan D. Abdurahmonov va şahar IIB bölimi inspektori F. Najmiddinov bilan jinoiy til biriktirib “qöşmaçi” sifatida profilaktik hisobda turgan M. Şaripovani xonadoniga kelişib “Omina”, “Guli” laqabli va Setora ismli qizlarni R. Jörayev özining uyali telefon apparatida videotasvirga olayotgan vaqtda, D. Abdurahmonov qizlarni televideniyega çiqarmaslik va ularni şarmanda qilmaslik evaziga tamagirlik yöli bilan 100.000 söm berişini talab qilganida M. Şaripova 50.000 söm pullarni R. Jörayevga yetkaziş uçun D. Abdurahmonovga pora tariqasida berib, kelişilgan pullarni qolgan 50.000 sömini keyinroq berişini aytganidan söng xodimlar xonadondan çiqib ketişgan.

Oradan bir soatlar ötib M. Şaripova tanişining “Matiz” rusumli avtomaşinasida aytilgan manzilga borib, D. Abdurahmonov iştirokida R. Jörayevga 50.000 söm pullarni pora tariqasida olgani körsatilgan.

Sudlanuvçi Rahmatullo Jörayev sud muhokamasida aybiga iqror bölmagan.

Sud taraflarni, barça guvohlarni, şuningdek bir neçta qöşimça guvohlarni söroq qilib, yiğilgan dalillarni va iş holatlarini atrofliça örganib çiqib, dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvçi R. Jörayevning harakati Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 3-qismining «b» bandi bilan yetarli dalillarsiz, asossiz kvalifikatsiya qilinib, faqatgina ayblaş yuzasidan bir tomonlama tergov harakatlari ötkazilib, xatolikka yöl qöyilgan deb, topdi.

Sud majlisida aniqlangan holatlarga köra R. Jörayev 2013 yil 7 yanvar kunidan boşlab 11 fevral kunigaça Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dala öquv maşğulotida guruh rahbari sifatida bölgan, poligon hududidan taşqariga çiqmagan, buni xususan öşa vaqtda u bilan birga öqişda bölgan Namangan viloyatidan 43 nafar IIB xodimlari tasdiqlaydi.

Jabrlanuvçi deb topilgan M. Şaripova sud muhokamasida voqea sanasi, pullarni kimlardan olgani, qaçon va qayerda bergani töğrisida qarama-qarşi körsatmalar bergan, ularni bir neça marta özgartirgan. Uning körsatmalari guvohlar tomonidan inkor qilingan.