Qatarning Qatar Airways milliy aviakompaniyasi tomonidan “Vnukovo” aeroporti aksiyalari 25 foizini xarid qiliş böyiça kelişuv RF hukumatining xorijiy investitsiyalar böyiça komissiya tomonidan muvofiqlaştirilişi lozim. Bu haqda Rossiya Monopoliyaga qarşi federal xizmati xabar qilmoqda.
Qatar Airways ijroçi direktori Akbar al-Bakirning ma'lum qilişiça, kompaniya "Vnukovo" aeroporti aksiyadoriga aylanmoqçi hamda aeroportni boşqariş böyiça öz tajribasi bilan örtoqlaşişdan umid qilmoqda.
"Bizga ma'lum bölişiça, Qatar Airways kompaniyasi Qatar hukumatiga tegişli. Ya'ni, xorijiy mamlakat nazoratida bölgan xorijiy sarmoyador hisoblanadi. "Vnukovo" aeroporti esa strategik jamiyatdir. Şu tariqa, strategning 25 foiz aksiyalarini xarid qiliş Rossiya Monopolitsiyaga qarşi federal xizmat arizasini talab etadi. Keyinçalik bu borada hukumat komissiyasi yiğilişi ham ötkazilişi kerak", - deya xorijiy sarmoyalarni nazorat qiliş boşqarmasi boşliği Olesya Milçakovaning sözlari keltiriladi xabarda.

















