18:44 / 28.03.2018
6832

Toshkentda Yoshlarning innovatsion g‘oyalari yarmarkasi tashkil etildi

Bugun poytaxtimizning Sergeli tumanida “Yoshlarning Innovatsion g‘oyalari va texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash yarmarkasi” tashkil etildi.

“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ, Yoshlar Ittifoqi Toshkent shaxar kengashi, Artel kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazma tumandagi “YOSHLAR SPORT CITY” sport majmuasining ochilishi marosimi bilan hamohang tarzda o‘tdi. 

Foto: Yoshlarning innovatsion g‘oyalari yarmarkasi

Mahalliy aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ tomonidan qurib bitkazilgan mazkur majuada 100 ga yaqin mamlakatimiz yoshlari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari bilan ishtirok etishdi.

Foto: Yoshlarning innovatsion g‘oyalari yarmarkasi

Ko‘rgazma korxonalar, ilmiy tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, yoshlarning yangi ilmiy va amaliy ishlanmalarni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlarni kashf etish va ularning yangi, raqobatbardosh innovatsion g‘oyalarini hayotga tadbiq etishga safarbar etishdan iborat bo‘ldi. 

Foto: Yoshlarning innovatsion g‘oyalari yarmarkasi

Ko‘rgazma yakunida ishtirokchilarning barchalariga tashakkurnomalar, eng yaxshi innovatsion g‘oya mualliflariga esa homiylarning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Ko‘rgazma doirasida tadbirkor va yoshlar o‘rtasida taqdim etilgan qiziqarli innovatsion ishlanmalarni kelgusida hayotga tadbiq etish bo‘yicha kelishib olindi.

Foto: Yoshlarning innovatsion g‘oyalari yarmarkasi
Foto: Yoshlarning innovatsion g‘oyalari yarmarkasi

Tadbir bayramona tarzda o‘tdi, tashrif buyurganlarga ko‘k somsa, osh, sumalak kabi milliy taomlar tortildi hamda o‘zbek estrada vakillarining konsert dasturi taqdim etildi.

Mavzuga oid
Top