Terma jamoalar örtasidagi navbatdagi örtoqlik öyinlari ötkazildi.

Ispaniya hamda Argentina terma jamoalari örtasidagi "Vanda Metropolitano"  stadionida keçgan öyin kutilmagan natija bilan yakunlandi. Gollarga boy bölgan uçraşuv 6:1 hisobida Ispaniya foydasiga hal böldi. 

Ğolib jamoa safida Isko hettrik qayd etgan bölsa, Diyego Kosta, Alkantara hamda Aspas 1tadan gol urişga muvaffaq böldi. Argentinalikning yagona goli Otamendi tomonidan kiritildi. 

Ispaniya – Argentina 6:1 

Gollar: 1:0 – 12 Diyego Kosta, 2:0 – 27 Isko, 2:1 – 39 Otamendi, 3:1 – 52 Isko, 4:1 – 55 Alkantara, 5:1 – 73 Aspas, 6:1 – 74 Isko.
Ispaniya – De Xea, Pike (Aspilikueta, 72), Alba (Alonso, 79), Karvaxal, Ramos, Inesta (Saul, 56), Koke, Asensio, Alkantara (Parexo, 82), Isko (Vaskes, 76), Diyego Kosta (Aspas, 46).
Argentina – Romero (Kabalero, 22), Roxo, Otamendi, Talyafiko, Maskerano (Pavon, 56), Mesa, Bustos (Merkado, 62), Banega (Peres, 62), Bigliya, Lo Çelso (Akunya, 84), Iguain (Martines, 59).
Ogohlantirişlar: Talyafiko (68), Isko (68), Mesa (81), Roxo (87), Pavon (89), Ramos (89).