Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR Yaponiyadan 20-50 mlrd dollarlik yordam kutmoqda
Shimoliy Koreya Yaponiyadan 20-50 mlrd dollar miqdorida iqtisodiy yordam kutyapti, bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashsa yuz berishi kerak. Bu haqda RIA «Novosti» Yaponiyaning Asahi gazetasiga asosan xabar qilmoqda.
Nashr manbalariga ko‘ra, KXDRda ichki siyosiy hujjat chiqarilgan bo‘lib, unda turli mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar kengaytirilishi nazarda tutiladi. Hujjatni ishlab chiqqanlar fikricha, agarda Shimoliy Koreya boshqa davlatlar bilan yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olsa, jiddiy iqtisodiy yordam oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya mehnat partiyasi vakillari bilan uchrashuvda Rossiya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda Xitoy bilan rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026