Prezidentning 27.03.2018 yildagi PQ–3625-son qarori bilan Tovarlar (işlar, xizmatlar)ni xarid qilişning alohida tartibi belgilanadigan xöjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar röyxatiga qöşimça kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyida 12 ta yirik kompaniya (strategik xaridorlar) va ularning uluşi mavjud bölgan taşkilotlar uçun davlat xaridlarini amalga oşirişning alohida şartlari joriy etilgan edi. Ularga şartnoma summasidan qat'i nazar, eng yaxşi takliflarni tanlab oliş yöli orqali kontraktlarni tuzişga ruxsat berildi. Rivojlantiriş davlat dasturlarini amalga oşiriş doirasidagi xaridlar, şuningdek Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hamda davlat kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalaştiriladigan kontraktlar bundan mustasno.
Strategik xaridorlar soni köpaydi. Ular sirasiga yana 6 ta aksiyadorlik jamiyati: «Özpaxtasanoat», «Özneftmahsulot», «Özburğuneftgaz», «Öztransgaz», «Özneftgazqazibçiqariş», «Özbekgeofizika» kiritildi.
Tegişinça, Prezidentning 22.01.2018 yildagi «Xöjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–3487-son qarori bilan belgilangan şartlar endi ularga ham tatbiq etiladi.
Hujjat 28.03.2018 yildan kuçga kirdi.












