Telegram messenjeri rahbariyati keyingi vaqtlarda kuzatilayotgan keng kölamli uzilişlarga çek qöyiş maqsadida uskunalarni yangilaydi, xususan, elektr ta'minotida modernizatsiya işlarini olib boradi. Bu haqda messenjer asosçisi Pavel Durov ma'lum qilgan.
Bugun, 29 mart kuni Telegram messenjeri dunyoning köplab mamlakatlarida, AQŞ va Yevropada, MDHda, xususan, Özbekistonda ham ma'lum muddat işlamay qoldi.
Pavel Durovning izohlaşiça, uzilişlar «Telegram serveri klasterlaridan birida quvvat öçib qolişi bilan boğliq muammo tufayli» kuzatilgan.
«Bunday uziliş boşqa takrorlanmasligi uçun biz muhandislarimiz va axborot markazi xodimlari bilan töğridan-töğri aloqa qiliş imkonini örnatdik, elektr ta'minotida modernizatsiya işlarini boşlaymiz», degan Durov.
U bugungi uzilişlar Amerika va Şarqiy Osiyodagi foydalanuvçilarga taalluqli bölmaganini qayd etib ötgan.
Durov şuningdek, bugungi muammolar uçun uzr söragan va foydalanuvçilarga messenjer faoliyati tiklanguniça sabr qilganliklari uçun minnatdorçilik bildirgan.












