Microsoft korporatsiyasida Windows operatsion tizimi uçun mac'ul bölim rahbari Terri Mayyerson öz lavozimini tark etadi. Bu haqida Microsoft rahbari Satya Nadella kompaniya rasmiy sayti orqali ma'lum qildi.

Mayyerson 21 yil davomida uşbu kompaniyada faoliyat yuritgan, 2013 yilda Windows bölimi rahbari etib tayinlangan. "Özgarişlar bilan birga rivojlanişning yangi, rejalaştirilgan bosqiçiga ötiladi. Terri Mayyerson uçun esa bu Microsoft taşqarisidagi yangi bob böladi. Yangi taşkiliy tuzilmaga kelişim uçun Terrining köp mehnati singdi, men uning yetakçilik xususiyatlari va bilimlarini çuqur baholayman", - deyiladi Nadellaning bayonotida. 

The Wall Street Journal'da ta'kidlanişiça, Mayyerson ketganidan keyin Windows ikki bölimga ajratiladi. Ulardan biri - Azure bulut platformasi rahbari Skott Gatri rahbarligi ostidagi bölim platforma texnologiyalari ustida iş olib boradi, unga asosan Microsoft'ning şeriklari öz ilovalari va servislarini işlab çiqişadi. Şuningdek kompaniyaning töldirilgan reallik va sun'iy intellektga doir loyihalari ham Gatrining tasarrufida böladi. 

Microsoft Office bölimining amaldagi rahbari Rajyeş Ja boşqaruvi ostidagi ikkinçi bölim esa Microsoft'ning elektron qurilmalari işlanmasi va  Windows operatsion tizimi rivoji uçun mas'ul böladi.