Rossiyalik grossmeyster, 13-jahon çempioni Garri Kasparov xorijiy siyosatçilarni Rossiyada bölib ötadigan futbol böyiça jahon çempionatini boykot qilişga çaqirdi. Sportçi va muxolifatçining xabari Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasida e'lon qilingan.

«Men, odatda, sport voqealarini keç bosqiçda boykot qilişga qarşi çiqaman, sababi bu, mening fikrimça, faqat sportçilarga zarar keltiradi.

Biroq men Moskvadagi rejim va Rossiya rahbariyati tomonidan sodir etilayotgan duşmanlik kayfiyatidagi harakatlar siyosiy boykot qilinişi tarafdoriman», - deya ma'lum qilgan şaxmatçi. 

U Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal hamda uning qizi zaharlanişini Rossiya tomonidan duşmanlik kayfiyatidagi harakatlardan biri sifatida keltirgan.