Amerikalik olimlar navbatdagi tadqiqot vaqtida inson organizmida yangi a'zo – suyuqlik bilan töla bölgan va tana a'zolarining birlaştiruvçi töqimalariga kirib boruvçi mikroskopik kanallar tarmoğini aniqlaşdi.
Kaşfiyot bemor endoskopik körik qilinayotgan vaqtda tasodifan oçilgan. Uning ovqat hazm qiliş tizimi tekşirilgan.
Olimlarning fikriça, bu tarmoq amortizatsiyalovçi funksiyaga ega bölib, içki a'zolarni himoya qiladi. Olimlarning taxminiça, şu bilan birga uşbu oçiq tarmoq saraton metastazlarining paydo bölişiga kömak berişi mumkin. Bu kanallar orqali saraton hujayralari limfatik tizimga kirib, u orqali butun organizm böylab tarqalişi mumkin.
Olimlar tananing qolgan joylarini tekşirib, bunday kanallarni burun böşliğida ham aniqlaşgan. Olimlarning aytişiça, bu kanallar deyarli barça a'zolarda bor. U taxminan inson tanasidagi barça suyuqlikning beşdan bir qismini özida saqlaydi.
Avval bu a'zoni aniqlaşning imkoni bölmagan, çunki töqimalar tadqiqotining standart usullarida suyuqlik oqib ketişi va kollagen tolalar parçalanişi yuz bergan va şu sababli u payqalmas bölgan.
Şifokorlarning taxminiça, kanallar tarkibini biliş saratonni erta aniqlaşda kömak berişi mumkin.












