«Skripal işi» tufayli qator mamlakatlar Rossiya diplomatik vakolatxonalari vakillarini çiqarib yuborgan edi. Bu çoralarga javob tarzida Moskva ham qator mamlakatlar diplomatlarini çiqarib yubormoqda.

Bugun, 30 mart kuni Rossiya Taşqi işlar vazirligiga 23 mamlakat elçilari çaqirildi va ularga uşbu davlatlar bilan munosabatlardagi yangi çoralar haqida ma'lum qilindi.

«30 mart kuni Rossiya TIVga Avstraliya, Albaniya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Latviya, Litva, Makedoniya, Moldaviya, Niderlandiya, Norvegiya, Polşa, Ruminiya, Ukraina, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Çexiya, Şvetsiya, Estoniya diplomatik missiyalari rahbarlari çaqirildi», deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

Elçilarga ularning davlatlari Buyuk Britaniya bilan birdamlik ramzi sifatida RF diplomatlarini çiqarib yuborişga qaror qilganliklari uçun qat'iy norozilik notalari bildirilgan.

RF TIV xabarida qayd etilişiça, bu röyxatga oxirgi pallada qöşilgan Belgiya, Vengriya, Gruziya va Çernogoriya bilan munosabatlarda qanday çoralar qöllanişi keyinroq ma'lum böladi.

Skripal işi
4 mart kuni RF Razvedka boş boşqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya Angliya janubidagi Solsberi şahrida behuş holda topişdi. Buyuk Britaniya hukumati sobiq agent SSSRning «Noviçok» dasturi doirasida işlab çiqarilgan, asab tizimini falajlovçi kimyoviy modda bilan zaharlanganini ma'lum qildi va buning uçun izoh söradi. Rossiya bu sörovni e'tiborsiz qoldirgaç, Buyuk Britaniya Rossiyani öz hududida qurol qöllaşda aybladi va 23 nafar rossiyalik diplomatni öz hududidan çiqarib yubordi. 

Britaniyani Yevropa Ittifoqi davlatlari, şuningdek, AQŞ, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Moldaviya, Albaniya, Makedoniya va Ukraina qöllab-quvvatladi.

Umumiy hisobda diplomatik vakolatxonalarni Rossiya TIVning 140 nafardan ortiq xodimlari tark etişadi.

Bundan avvalroq Rossiya TIV amerikalik elçi Jon Hantsmanni çaqirtirgan edi. AQŞ elçisiga 60 nafar amerikalik diplomat Rossiyadan çiqarib yuborilişi va Sankt-Peterburg şahridagi AQŞ vakolatxonasi yopilişi haqida ma'lum qilindi.