Nyu-York Appelyatsion sudi Lindsi Loxanning Take-Two kompaniyasiga nisbatan da'vosini bekor qildi va GTA V öyini uçun aktrisaning obrazi özlaştirilgan deb topmadi. Aktrisa 2014 yilda sudga murojaat qilib, uning obrazidan foydalanilganlik va şaxsiy hayotga daxlsizlikning buzilişidan şikoyat qilgan.

Sudyaning qaroriga muvofiq, GTA V öyinidagi qiz obrazida Loxanning aniq yuz ifodalari yöq va Take-Two personajni yaratiş uçun uning suratlaridan foydalanmagan. "Bu obrazda 20 yoşlar atrofidagi zamonaviy qizning satirik körinişi aks ettirilgan", - qöşimça qilindi sudda.

Foto: GTA V öyindan kadr

Loxan GTA V yaratuvçilarini 2014 yilda sudga bergan: u işlab çiquvçilarni uning ommaviy obrazidan foydalaniş va şaxsiy hayotiga aralaşişda ayblagan. 

Syujyetga köra, Leysi Jonas öyinçidan paparatstsidan yaşirinişga va uni uyiga olib borişga yordamlaşişni söraydi. U anoreksiyadan aziyat çekkani va "qişloq şevasi"ga qarşi kuraşiş uçun millionlab dollarlar sarflaganini aytib beradi. Da'vo arizasida personaj Loxanga taqlid qilişi va Hollivuddagi aynan Lindsi borgan mehmonxonalarga borişi aytilgan.