Almazbek Atamboyev QSDP partiyasini 2020 yilgi parlament saylovlariga tayyorlaydi. Bu haqda u bugun partiya qurultoyidan söng bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Atamboyev siyosiy rejalar haqidagi savolga javob qaytarar ekan, hokimiyat tepasiga intilmayotganini aytib ötdi.
«Mening vazifam hokimiyat, boş vazir lavozimi emas. Sapar Isakov yoş, energiyaga töla inson. U, albatta, xatolarga yöl qöymoqda. Men partiyani 2020 yilgi saylovlarga tayyorlayman. Bizga QSDP kabi yana ikki-uçta partiya kerak. Öz mafkurasi bilan. Uşbu holatda QSDP mamlakat demokratik yöl bilan rivojlanişi uçun öziga mas'uliyat olişi kerak», - deya ma'lum qildi u.
Almazbek Atamboyevning ta'kidlaşiça, agarda hokimiyatni xohlaganida, referendum orqali Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritgan bölardi.












