Fransiya Liga kubogining final uçraşuvi öz nihoyasiga yetdi. "PSJ" hamda "Monako" örtasida keçgan bahs parijliklarning yirik ğalabasi bilan yakunlandi – 3:0.
8-daqiqada Kavani penaltini aniq amalga oşirib, hisobni oçdi. 21-daqiqada Di Mariya jamoasining ikkinçi golini kiritdi. Öyinning asosiy vaqti tugaşiga 5 daqiqa qolganida Kavani dublga erişib, jamoasining yirik ğalabasini ta'minladi.
"PSJ" Fransiya Liga kubogini qatorasiga 5-marotaba, umumiy hisobda esa 8-marotaba ğolib böldi.
PSJ – Monako 3:0
Gollar: 1:0 – 8, penalti Kavani, 2:0 – 21 Di Mariya, 3:0 – 85 Kavani.
PSJ – Trapp, Tiago Silva, Berçiçe, Dani Alves, Kimpembe, Verratti (Lo Çelso, 70), Rabo, Draksler (Diarra, 81), Di Mariya (Pastore, 52), Mbappe, Kavani.
Monako – Subaşiç, Glik, Radji, Sidibe, Jyemerson, Fabino, Tilemans (Yovetiç, 46), Moutinyu (Gezzal, 80), Lopeş (Diakabi, 73), Lemar, Falkao.
Ogohlantirişlar: Glik (31), Falkao (65), Radji (75).











