2018 yil 30-31 mart kunlari Özbekiston Davlat xafsizlik xizmati Çegara qöşinlari qömondonligi tomonidan respublikada faoliyat yurituvçi televideniye, internet va bosma ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlardan taşkil topgan media-tur uyuştirildi. Unda Kun.uz muxbiri ham iştirok etdi.

 DXX Çegara qöşinlari qömondonligi boş binosidan yölga çiqqan avtobus dastavval Özbekiston-Qozoğistonning eng yirik çegara posti Ğiştköprik-Jibek jöliga yöl oldi. Biz bu yerda çegaraning ikki tomoniga ötmoqçi bölgan özbekistonlik va qozoğistonliklar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdik. 

Çegara postiga kelib tuşarkanmiz, odamlarning gavjumligi, ikki qardoş va dindoş xalq örtasidagi bordi-keldi avvalgidan sezilarli oşgani közimizni quvontirdi. Dastlab Ğiştköprik postida davlat xizmatlarining qançalik tezkor va işonçli amalga oşirilayotgani haqida.

“Toşkent viloyati Toşkent tumani Ğiştköprik çegara posti Özbekistonning eng yirik ötkaziş punktlaridan biri bölib, haftaning iş kunlari bir kunda 30 ming kişi çegarani kesib ötadi. Haftaning dam oliş kunlari 35 ming kişi çegarani kesib ötadi. Buning sababi dam oliş kunlari qozoğistonliklar Özbekistonga köproq kelişadi. Sayyohlik mavsumi vaqtida bu raqam 40-45 ming kişigaça çiqişi mumkin. 

Qozoğistonliklar köp kelişining asosiy sabablaridan biri, bizda ovqatlaniş sifati ham arzon, ham yaxşi. Hozirda Özbekistonda 69 ta çegara-nazorat ötkaziş punktlari mavjud bölib, ularda bir kunda 120 ming atrofida kişi çegarani keçib ötayotgan bölsa, birgina uşbu maskandan bir kunda 120 ming kişining ¼ qismi ötadi, ya'ni Ğiştköprik tom ma'noda Özbekistonning eng yirik çegara maskani hisoblanadi", - deydi çegara maskani mulozimi.