AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda 3 kun içida ikkinçi marta dunyodagi eng yirik internet-riteyler Amazon’ni tanqid qildi. Uning aytişiça, Amazon uçun buyurtmalarning yetkazilişi AQŞ poçta xizmatining har bir jönatma uçun örtaça 1,5 dollar yöqotişiga olib keladi.
“Umumiy hisobda bu milliardlab dollarlarni taşkil qiladi”, deb yozgan Tramp.
“Poçta xizmati bilan bu firibgarlikni tugatiş kerak. Amazon hoziroq real narxlarga köra haq (soliq) tölaşi lozim!”, deb yozgan Tramp. U, şuningdek, Amazon asosçisi va asosiy aksiyadori Jyeff Bezosga tegişli The Washington Post naşrini “yolğonçi” naşr deb atagan.
Bu Trampning 3 kun içida Amazon’ni ikkinçi marta tanqid qilişidir. 29 martda ham Tramp Amazon qolgan kompaniyalardan farqli, “yoki umuman soliq tölamaydi, yoki juda kam tölaydi”, poçta xizmatidan mamlakat uçun katta yöqotişlar bilan “kurer” sifatida foydalanadi va sohadan qolgan riteylerlarni siqib çiqaradi, deb aytgan.
Bundan avvalroq Axios sayti nomi ma'lum qilinmagan manbalarga tayanib, Tramp Amazon’ni “ölgudek yomon körişini” ma'lum qilgan. Bloomberğning yozişiça, buning ortida Amazon’ning kapitallaşuvi 53 mlrd dollarga kamayib ketgan. 29 martda savdolar yopilişi vaqtida kompaniyaning kapitallaşuvi 700 mlrd dollarni taşkil qilgan. 30 mart kuni esa AQŞda savdolar Pasxa bayrami arafasida ötazilmagan.












