Bahrayn qirolligida 86 yil içidagi eng yirik neft koni aniqlandi. BNA axborot agentligining ma'lum qilişiça, bu kon gaz va yengil slanets nefti zaxiralariga köra mamlakatdagi amaldagi kondan bir neça marta katta.
Ta'kidlanişiça, yangi kon Bahraynning raqobatdoşligini oşiradi va davlatga rivojlaniş sohasida turli loyihalarni amalga oşirişga hamda döstona davlatlar va global moliya bozorlari oldidagi majburiyatlarini bajarişga imkon beradi.













