31 martda Bişkekdagi restoranlardan birida odamlar ommaviy zaharlandilar. Qirğiziston soğliqni saqlaş vazirligining ma'lum qilişiça, ayni vaqtda Respublika yuqumli kasalliklar şifoxonasida 38 jabrlanuvçi, jumladan 7 bola yotibdi.
Ma'lum qilinişiça, zaharlangan odamlarning hayoti xavf ostida emas. Barça jabrlanuvçilar belgilangan davolaşni olmoqdalar, dori-darmon bilan ta'minlanganlar.
Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan tegişli tekşiruv ötkazilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga köra, restoranga mamlakatning turli yerlaridan 190 ga yaqin odam kelgan. Şu sababli barça viloyat va tuman sanitariya-epiddemiologiya nazorati markazlari tegişli tadbirlarni ötkaziş uçun jalb qilingan.
Jabrlanuvçilardan namunalar olinib, laboratoriyaga jönatilgan. Natija 3 kun içida ma'lum böladi. Restoranda tekşiruv ötkazilmoqda. Voqea yuz bergan restoranning nomi oşkor qilinmayapti.
Eslatib ötamiz, Bekobod şahrida 30-31 mart kunlari 55 nafar şaxs, şu jumladan 6 nafar bola oziq-ovqatdan zaharlaniş alomatlari bilan şifoxonaga tuşdi. Aniqlanişiça, jabrlanuvçilar 28 mart kuni Bekoboddagi “Baxt uyi” töyxonasidagi nikoh töyida va “Dildora” töyxonasidagi qiz bazmida iştirok etişgan. Ikkala töyxonada ham Bekobod şahridagi “Nodirbek omad baraka” xususiy korxonasiga qaraşli “Istiqlol” kafesi tomonidan tayyorlangan “Mujskoy kapriz”, “Yaponça”, “Qiroliça”, “Ot şefa”, “Pikantniy”, “Olive”, “Göştli bodring” salatlari, norin, çuçvara, lyula kabob, ugra, bifstrogan taomlari dasturxonga qöyilgan.











