«Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh Ispaniya çempionatiga köçib ötişga qarşi emas.

Don Balon naşri bergan xabarda yozilişiça, futbolçi Madridning «Real» klubi vakillari bilan muzokaralar ötkazişga ulgurgan.

Qayd qilinişiça, futbolçi «qaymoqranglilar» oldiga aniq şart qöygan. 25 yoşli futbolçi muntazam asosiy tarkibda töp surişni va faqatgina Kriştianu Ronaldunikidan kam bölgan maoş berişlarini söragan.

Joriy mavsumda «qizillar» hujumçisi barça musobaqalarda jami 42 uçraşuvda maydonga tuşib, 37 gol va 12 golli uzatma muallifi bölgan. Uning «Liverpul» bilan amaldagi şartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Uning transferi 80 mln yevroga baholanmoqda.