2018 yilning 2 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) boş direktori Vilyam Leysi Sving boşçiligidagi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni paytda Özbekiston XMTga a'zo emas. Mazkur taşkilot vazifasiga migratsiya masalalarini hal qilişda kömaklaşiş, uşbu sohadagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş kiradi.

TIVda bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston va XMT örtasidagi özaro hamkorlikni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.

Özbekiston taşkilot faoliyatida tölaqonli a'zo sifatida qatnaşiş imkoniyatini körib çiqayotganligi XMT delegatsiyasiga ma'lum qilindi. Şu nuqtayi nazarda özaro munosabatlarni mustahkamlaş va kengaytirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

XMT delegatsiyasining mamlakatimizga taşrifi dasturidan Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi, hukumati, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş va içki işlar vazirliklari hamda Boş prokuraturada uçraşuvlar ötkaziş örin olgan.