Afğonistonda toliblar bilan kuraş olib borayotgan harbiy-havo kuçlari Tojikiston bilan çegaradagi Kunduz viloyati Daşt-a-Arçi tumanidagi madrasaga aviazarba berdi. Bu haqda Tolonews mahalliy telekanali xabar qilmoqda.

Viloyat kengaşi xabariga köra, hujum oqibatida taxminan 50 kişi halok böldi. Uning ma'lumotlariga qaraganda, halok bölganlar orasida – köplab toliblar va mahalliy aholi vakillari.

Pajhwok axborot agentligi ma'lumotlariga köra, kamida 20 nafar inson mahalliy şifoxonaga olib ketildi.

Aviazarba paytida binoda 200dan ortiq kişi bölgan, jumladan «Tolibon» oliy kengaşi a'zolaridan biri ham. Havo hujumi davomida madrasa binosi butunlay vayron bölgan.