Apple kompaniyasi 2020 yildan boşlab özining Mac kompyuterlarida özi işlab çiqargan protsessorlarni qöllamoqçi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, uzoq muddatli istiqbolda kompaniya barça qurilmalarida özi işlab çiqargan çiplarni qöllamoqçi. Uşbu ğoya kompaniya rahbariyati tomonidan ma'qullandi.

Uşbu xabar paydo bölgandan keyin ayni vaqtda Apple uçun protsessorlar yetkazib beruvçi kompaniyalardan biri bölgan Intel’ning aksiyalari keskin qiymatini yöqotdi. Savdolar vaqtida kompaniyaning aksiyalari 8 foizga arzonlaşib ketgan.

Apple kompaniyasi ayni vaqtda iPhone smartfonlari, iPad planşetlari, iMac kompyuterlari, MacBook noutbuklari, iPod musiqiy pleyerlari va yana boşqa qurilmalar işlab çiqaradi.