Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari uçuvçisiz uçiş qurilmasini mamlakatga noqonuniy olib kirilişining oldini olişdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Urganç” xalqaro aeroportiga “Moskva-Urganç” reysi bilan samolyotda uçib kelgan fuqaro, 1976 yilda tuğilgan S.S. mamlakat hududiga kiriş çoğida “yaşil” yölakni tanladi. Bu esa amaldagi tartiblarga köra mazkur fuqaroning yonida Özbekiston Respublikasiga olib kiriş taqiqlangan hamda me'yordan ortiq mahsulot va naqd xorijiy valyutalari yöqligini anglatadi. Ammo aslida ham şundaymidi? Gap şundaki, uşbu şaxs bojxona nazoratidan ötiş çoğida unga tegişli bölgan qöl yuklari “Xaymann” rentgen apparatidan ötkazilganida, kompyuter ekranidagi tasvirlar qöl yuklari orasida şubhali buyum borligini namoyon etdi. Bojxonaçilar şu tariqa qonunbuzardan qiymati 1 000 000 sömlik, xorijda işlab çiqarilgan, “X8HG 2.4G” yozuvli uçuvçisiz uçiş apparatini aşyoviy dalil sifatida olişdi.
Şuni ta'kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi havo hududida uçuvçisiz uçiş qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanişning oldini oliş çoralari töğrisida” 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli Qaroriga muvofiq, respublikamiz hududiga 2015 yilning 1 yanvaridan boşlab uçuvçisiz uçiş qurilmalarini olib kirilişi taqiqlangan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.












