13:02 / 03.04.2018
10761

Qirg‘izistonda ovqatdan zaharlanganlar soni 222 kishiga yetdi

Foto: RIA "Novosti"

Qirg‘iziston poytaxtidagi restoranlardan birida ommaviy zaharlanish oqibatida jabrlanganlar soni 222 kishiga yetdi. Bu haqda TASS respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar bermoqda.

"So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Bishkekda 198 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi. Ulardan 131 nafari yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi, jumladan 25 nafar bola va o‘smir", - deya ma'lum qilishgan vazirlikdan. Qolgan jabrlanuvchilar "ambulator davolanish kursidan o‘tmoqda". "Zaharlanish" tashxisiga ega yana 24 kishi respublikaning boshqa viloyatlarida shifoxonaga olib ketildi. Aniqlanishicha, ular ham shu restorandagi banketda ishtirok etgan", - deya ta'kidlab o‘tishgan Sog‘liqni saqlash vazirligidan.

Qirg‘iziston poytaxti Davsanepidnazorat markazi ma'lumotiga ko‘ra, barcha jabrlanganlar 31 mart kuni Bishkekdagi “Ala-Too” restoranidagi to‘y tadbirida ishtirok etgan. "Barcha jabrlanganlarning holati yengil va o‘rtacha og‘irlikda", - deya aytib o‘tishgan vazirlikdan. Ayni damda laborator tadqiqotlar o‘tkazilmoqda, restorandan olingan mahsulotlar tahlil qilinmoqda, ularning natijalari yaqin kunlarda ma'lum bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, ommaviy zaharlanishga tovuq yoki baliqdan tayyorlangan taom sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top