AQŞ prezidenti Donald Tramp 20 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti çoğida uni Vaşingtonda ikki tomonlama uçraşuv ötkazişga taklif qilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov xabar qildi.
«Agar hammasi joyida bölsa, umid qilamanki, amerikaliklar özlarining takliflarini bekor qilişmaydi va sammit ötkaziş imkoniyati muhokama qilinadi. Prezidentlarimiz telefon orqali muloqot qilganida, Tramp Vaşingtonda, Oq uyda uçraşişni taklif qilgandi», deya Uşakovning sözlarini keltirgan Ria Novosti.
Şu bilan birga, u bunday uçraşuv yilning birinçi yarmida bölmasligini qöşimça qilib ötgan.
«Bunday oğzaki suhbatdan keyin işçi xarakterga ötiş uçun köp vaqt talab etiladi. Qolaversa, bu suhbatdan keyin özaro munosabatlarda çigallik yuzaga keldi - AQŞdan 60 nafar diplomatimiz çiqarib yuborildi, boş konsulxonamiz yopildi. Bu qadamga esa Rossiya tomoni şunday javob qaytardi», deya qayd etgan Uşakov.
U şu tufayli 20 mart kungi suhbatdan keyin ikki davlat rahbarining muloqoti masalasi kötarilmaganini qöşimça qilgan.
Putin va Tramp özaro ikki marta uçraşgan. Iyul oyida prezidentlar Hamburgdagi «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida uçraşişgandi. Öşanda Ukraina va Suriyadagi inqiroz muhokama qilingandi. Siyosatçilarning keyingi uçraşuvi Danangdagi Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida röy berdi. Bu uçraşuv vaqtida ular Suriya böyiça qöşma bayonot berişgandi. Şundan keyin prezidentlar bir neça marta telefon orqali muloqot qilişdi.












