«Real» Çempionlar ligasining çorak finali birinçi uçraşuvida «Yuventus»ni tor-mor keltirdi. Öyindagi ikki gol Kriştianu Ronaldu tomonidan urildi, gollardan birini muxlislar uzoq vaqt eslab yuradigan bölişdi, u qayçi uslubida Buffon darvozasini yana bir bor işğol etdi.

«Yuventus» - «Real» - 0:3 (0:1)
Gollar: Kriştianu Ronaldu, 3 (0:1). Kriştianu Ronaldu, 64 (0:2). Marselu, 72 (0:3).
«Yuventus» (Turin): Buffon, De Şilo, Bartsali, Kellini, Asamoa (Matyuidi, 69), Duglas Kosta (Mandjukiç, 69), Bentankur, Xedira (Kuadrado, 75), Dibala, Sandru, Iguain.
«Real» (Madrid): Navas, Karvaxal, Serxio Ramos, Varan, Marselu, Kazemiru, Kroos, Modriç (Kovaçiç, 82), Isko (Asensio, 75), Kriştianu Ronaldu, Benzema (Vaskes, 59).
Ogohlantirişlar: Bentankur, 27. Dibala, 45. Serxio Ramos, 55. Kovaçiç, 88.
Çetlatiş: Dibala, 66.
Hakam: Junayt Çaqir (Turkiya).
3 aprel. Turin. «Allyants Stedium».
Javob öyini - 11 aprel.

Orzumi yoki maqsad?

Ötgan yilning kuzida «Barselona»ga qarşi öyindan keyin bergan intervyusida «Yuventus» jamoasi boş murabbiyi Massimiliano Allegri şunday degandi: «Çempionlar ligasidagi ğalaba maqsad bölolmaydi. Buni faqat orzu qiliş mumkin». Ehtimol faqat orzu bilan kifoyalangani uçun turinliklar öşanda «Kamp Nou»da 0:3 hisobida mağlub bölişgandir. Xuddi oxirgi 3 yilda Çempionlar ligasining ikki finalida bölgani kabi. «Şalpangquloq» kubok ham orzu qiladigan, ham maqsad qiladiganlarniki böladi.

Jijining 14 mavsumi

Foto: Squawka

Eng orzumand kişi esa Jan Luiji Buffon bölib qolaveradi. 40 yoşga çiqqan italiyalik darvozabon uçun bu faoliyatida Çempionlar ligasidagi 14-mavsum böldi. U jamoasi bilan ötgan davr içida 3 marta turnir finaliga çiqdi va har safar orzusiga yetişa olmadi. Bu mavsum uning futbolçilik faoliyatidagi oxirgisi edi, u yozda qölqoplarini yeçib, faoliyatini yakunlaydi.

Ronalduning rekordi