2017/18 yilgi Çempionlar Ligasi 1/4 finalining birinçi öyinlari start oldi.
Kunning markaziy öyini "Yuventus" hamda "Real Madrid" örtasida keçdi. Turinda keçgan uçraşuv mehmonlarning yirik hisobdagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 3-daqiqasida Ronaldu hisobni oçgan bölsa, 64-daqiqada dublga erişib, oradagi farqni oşirdi. Oradan 8 daqiqa ötib, Marselo jamoasining yirik hisobda ğalaba qozonişini ta'minladi.
Jamoalar örtasidagi javob öyini 11 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da ötkaziladi.
Yuventus Italiya – Real Madrid Ispaniya 0:3
Gollar: 0:1 – 3 Ronaldu, 0:2 – 64 Ronaldu, 0:3 – 72 Marselo.
Yuventus – Buffon, Bardzali, Aleks Sandro, De Şilo, Kellini, Duglas Kosta (Matyuidi, 69), Bentankur, Xedira (Kuadrado, 75), Asamoa (Mandjukiç, 69), Dibala, Iguain.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modriç (Kovaçiç, 82), Kazemiro, Isko (Asensio, 75), Kroos, Benzema (Vaskes, 59), Ronaldu.
Ogohlantirişlar: Bentankur (26), Dibala (45), Ramos (55), Kovaçiç (88).
Çetlatiş: Dibala (66).











