Qozoğiston hukumati agar Telegram messenjeri öz kanallaridan taqiqlangan “Qozoğiston demokratik tanlovi” (QDT) jamoatçilik harakati materiallarining öçirib taşlanişi haqidagi sud qarorini bajarmasa, Qozoğiston hududida uning faoliyatini çeklab qöyadi. Bu haqda Qozoğiston axborot va kommunikatsiya vaziri Dauren Abayev ma'lum qilgan.  

Abayevning aytişiça, Telegram ma'muriyatiga sud qarorini bajariş va QDTning materiallarini öçiriş yoki Qozoğiston hududidan ularga foydalanuvçilarning kirişini çeklaş bajarilişi haqidagi ogohlantiriş xati yöllangan. 

Ma'lum qilinişiça, maktub ayni vaqtda messenjer ma'muriyati tomonidan körib çiqiliş bosqiçida bölib, agar sud qarori ijro etilmasa, unda Telegram Qozoğistonda çeklanişi yoki töliq taqiqlanişi mumkin. 

Mart örtasida Ostona sudi QDTni ekstremistik taşkilot deb topgan va Qozoğistonda uning faoliyatini taqiqlagan. Taşkilotga qoçoqlikda yurgan sobiq bankçi Muxtar Ablyazov boşçilik qiladi.

Qozoğiston boş prokuraturasida ta'kidlanişiça, Ablyazovning maqsadi hukumatni töntariş va uni qölga oliş bölgan. Buning uçun u xorijdan turib qonunga xilof faoliyatni davom ettiradi, qozoğistonliklarni QDTga kirişga faol tarzda çorlaydi, amaldagi hukumat haqida salbiy tasavvur va norozilik kayfiyatlarini şakllantiradi va şu bilan ijtimoiy adovat va ixtilofni avj oldiradi. 

2017 yil iyunda Olmaota sudi Ablyazovni jinoiy töda taşkil etiş va bankdan mablağlar öğirlaşda aybdor deb topib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Biroq sud köp yildan beri xorijda yaşab keladigan Ablyazovning özisiz ötgan. Qozoğistonning korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi ma'lumotlariga köra, u tomonidan yetkazilgan ziyon miqdori 7,5 mlrd dollardan köproqni taşkil qiladi.