O‘tgan yili mamlakatda o‘tkazilgan saylovoldi kampaniyasida qat'iy migratsion siyosatni amalga oshirishga va'da bergan Sebastyan Kurts yana bir marta konservativ qarashlarini ilgari surmoqda. Bu gal, kansler mamlakat aholisining 1 foizidan sal oshiq qismini tanqid ostiga oldi.

«Maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda maktab o‘quvchilari orasida qizlarning ro‘mol o‘rash holatlariga chek qo‘yish lozim», deydi u ORF radiosidagi nutqida.

Bundan avval, Kurtsning Sotsial demokratlar partiyasi mamlakat parlamentida muslimalarning jamoat joyida yuzini yopib yurmaslik qoidasini qabul qilinishiga erishgandi. Shundan so‘ng, fraksiya vakillari muslima o‘qituvchilarning maktab binosida ro‘mol o‘rab yurishini taqiqlamoqchi bo‘ldi, biroq Avstriyadagi umumta'lim maktab binolarida turli diniy belgilar ifodalangani tufayli ushbu tashabbus qonunchilik organi tasdig‘idan o‘tmagan.