Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayohatchi-bloger Vlad Maga bir tiyinsiz, avtostop bilan O‘zbekistonga kelib ketdi
Belaruslik taniqli sayohatchi - bloger Vlad Maga O‘zbekistonda mehmon bo‘lib ketib, o‘zining dastlabki videohisobotini e'lon qildi.
Mart oyi boshlarida buvisi bilan xayrlashib, Minsk shahridan bir tiyinsiz piyoda yo‘lga chiqqan Vlad Rossiyaning izg‘irinli kunlarida, loyga botgan yo‘llarda 4 kun deganda avtostop bilan (turli mashinalarga yo‘l-yo‘lakay minib) O‘zbekistongacha yetib keladi.
U dastlab Qoraqalpog‘istonda, keyin Buxoroda mehmon bo‘ladi (aftidan, Urganch va Xivadan kech bo‘lganda o‘tib ketgan ko‘rinadi).
Yo‘lda hamyurtlarimiz unga tunash uchun joy bergani, mehmon qilishgani, nos chektirishgani, taksi uchun yo‘lkira berishganini ko‘rish mumkin.
Xullas, yaxshi odamlar ko‘magida u Samarqandgacha yetib kelgan. «Men tarixchi emasman, raqamlar haqida gapirmayman, men atmosfera yarataman», deydi u o‘z videoblogida. Samarqand haqida eshitganlarini hikoya qila turib, u dastlab Bibi Xonim masjidiga kiradi va u yerni ertaklardagi qasrga qiyoslaydi. Lekin u eshitgan mashhur joy bu yer emasligi Registon maydoniga borgach oydinlashadi.
«O‘zbekiston haqida tasavvurlarim boshqacha edi, bu yer cho‘l, tuyalar yuradigan joy deb o‘ylar ekanman. Lekin ko‘ryapmanki, zamon bilan hamnafas, harakat juda tez», deydi u o‘zini mehmon qilgan samarqandlik internet hamjamiyati a'zolariga.
Samarqandliklar uni palov bilan mehmon qilishadi. Umrida birinchi bor osh ta'mini totib ko‘rgan Vlad bejizga bu taom bu qadar dong‘i ketmaganligiga tan beradi. Videoblogning birinchi qismi yakunida samarqandliklar uni Toshkentga — TROLL.UZ asoschisi Umid G‘afurov oldiga kuzatib qo‘yishadi.
Mavzuga oid
17:05 / 10.04.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiyaga kirish qoidalari qanday?
14:40 / 21.03.2026
Ikki oyda 1 mlndan ziyod o‘zbekistonliklar chet elga safar qildi
11:22 / 20.03.2026
Chet el sayohatiga chiqayotgan o‘zbekistonliklar soni o‘sishi sekinlashdi
10:45 / 07.02.2026