Salmon Xon 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Bollivud yulduzi Salmon Xon Hindistondagi muhofaza ostidagi noyob antilopalarni ovlaganligi uchun besh yilga hibsga olindi. TheGuardian shu haqida xabar berdi.
Rajaston shtati sudi payshanba kuni dunyoning eng ko‘p haq oluvchi aktyorlaridan biri Salmon Xon 1998 yilda Jodhpurdagi s'yomkalar vaqtida o‘z avtomobili derazasidan ikki antilopani noqonuniy ovlashda aybdor deb topildi.
Prokurorlarning ta'kidlashicha, ayni damda 52 yoshni qarshilagan Xon va yana 4 nafar aktyor ularni sezishganini payqashlari bilan jonivorlarni tashlab, voqea joyidan mashinada qochib qolishgan.
Boshqa aktyorlar, jumladan Saif Ali Xon va Sonali Bendre dalillar yo‘qligi sabab Jodhpur sudi tomonidan oqlangan.
Hindiston Yovvoyi tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun deyarli barcha yovvoyi hayvonlarni maxsus ruxsatnomasiz ovlashni taqiqlaydi.
Sud Salmon Xonga besh yillik jazo muddatidan tashqari, 10 ming rupiylik jarima ham soldi. Uning advokatlari sud qarorini appelyatsiyaga berishlari va aktyorni imkon qadar tezroq garov evaziga ozod qilishga harakat qilishlarini ma'lum qilishgan. Xon mahalliy shifoxonada tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgach, Jodhpur markaziy qamoqxonasiga yo‘llanadi.
Jodhpurdagi sud zali atrofini aktyorning muxlislaridan himoyalash uchun yuzlab politsiyachilar jalb qilingan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024
Farg‘onada tanishini o‘ldirib, uyiga o‘t qo‘ygan ayolga hukm o‘qildi
08:48 / 09.11.2024
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organi qarzni sudda undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi
15:04 / 03.11.2024