Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 2010 yilning 7 aprelidagi Aprel xalq inqilobining sakkiz yilligi munosabati bilan qirğizistonliklarga murojaat qildi.

"Biz ozodlik va adolat uçun öz hayotini tikkan qahramonlar nomini doim yodda tutamiz. Bugun yana ularni xotirlaymiz. Öşa kuni 87 nafar qirğizistonlik halok bölgan. Yuzlab kişilar jarohat olişgan, ularning 45 nafari soğliğini tiklay olmay, ötgan 8 yil içida hayotdan köz yumdi. Xalq heç qaçon ikki sulolaviy rejimning qonli kuraşini yoddan çiqarmaydi. Şu bois Qirğiziston hukumati doim asrlar oşa sinalgan donişmandlikka rioya qilişi lozim: adolatli hukmdorning qarindoş-uruği bölmaydi, faqat öz naslini sevuvçi hukmdorning esa - ğurur va vijdoni!", - deyiladi xabarda.

"2002 yilning 17 martidagi Oqsoy voqealari, 2005 yilning 24 martidagi va 2010 yilning 7 aprelidagi hodisalar - bu xalqimizning ozodlik va adolat uçun kuraşi tarixini özaro boğlagan hodisalar".

Almazbek Atamboyev

"Bu bir oğir yölning uç dovonidir. Uşbu sanalarning har biri juda muhim ahamiyatga ega. Biroq xalq 7 apreldagina hal qiluvçi ğalabaga erişdi. Şuning uçun 7 aprel — xalq bayrami", - deyiladi murojaatda.

Almazbek Atamboyev Qirğiziston xalqi 2010 yilning 7 aprelida mamlakatning qayta tuğilişiga, ozodlik va adolatparvarlikka yöl oçib bergan oddiy odamlar va halok bölgan qahramonlarni doim yodda tutişini ta'kidlab, qirğizistonliklarni tabrikladi.