Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) ikki vazn toifasidagi sobiq çempioni irlandiyalik Konor Makgregor Nyu-York politsiyasi tomonidan qölga olindi. Bu u içida taşkilot jangçilari bölgan avtobusga hujum qilgani tufayli röy berdi, deb xabar qilmoqda «Sovetskiy sport».

Ta'kidlanişiça, yaqin vaqt içida sportçilarga ayblovlar qöyiladi.

5 aprel kuni sobiq çempion Makgregor Nyu-Yorkdagi «Barklayz-markaz» arenasida tartibsizlik keltirib çiqardi. Bu yerda Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) jangçilarining yiğilişi bölib ötayotgandi. Konor içida bir neça sportçilar bölgan avtobuslardan biriga hujum qildi. Ta'kidlanişiça, avtobusda öşa payt rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov ham bölgan. Şuningdek, hujumda rossiyalik Artyom Lobov ham qatnaşgan.