Buyuk Britaniya razvedka xizmati vakillarining ma'lum qilişiça, GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni zaharlaşda işlatilgan modda Saratov yaqinidagi Şixani şahrida joylaşgan harbiy ilmiy-tadqiqot bazasi hududida işlab çiqarilgan. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, bu haqda razvedka vakillari Britaniya ittifoqçilarining maxsus instruktiv yiğilişida aytib ötgan. Şu bilan birga, uşbu tadbir «jahon yetakçilarini zaharlaniş ortida Moskva turganiga işontiriş» maqsadida taşkil etilgan.
Ta'kidlanişiça, uşbu yiğiliş davomida Britaniya vakillari «Noviçok» kimyoviy moddasi Rossiya janubi-ğarbiy qismidagi Şixani obektida işlab çiqarilgani» haqida ma'lum qilgan.
Şu bilan birga, gazeta ma'lumotlariga köra, bu brifing 28 davlatdan rossiyalik 150dan ortiq diplomatni çiqarib yuborişga olib keldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yuliya Skripal ilk bayonot bilan çiqqani xabar berilgandi.












