AQŞning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heylining Şimoliy Karolinada joylaşgan Dyuk universitetidagi ma'ruzasida ma'lum qilişiça, Rossiya heç qaçon AQŞga döst bölmaydi. Uning çiqişi tasvirlangan videoyozuv öquv muassasasining YouTube’dagi rasmiy kanalida e'lon qilindi.
«Bizning mamlakatda Rossiya bizning döst yoki duşman ekaniga oid siyosiy bahslar boşlandi. Aslida, bu notöğri savol, sababi Rossiya heç qaçon bizning döst bölmaydi. Biroq, şu bilan birga, bu biz ular bilan işlaş niyatida emasligimizni anglatmaydi», - deya aytib ötdi Heyli.
Şu bilan birga, Heylining ta'kidlaşiça, Amerika tomoni Rossiya bilan unga kerak bölgan paytda işlaşga tayyor. Bundan taşqari, uning ma'lum qilişiça, AQŞ ham öziga kerakli paytda zarba bermoqda va «aynan şunday bölişi ham kerak».












