Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 18 aprelda mamlakatda kinoteatrlarga kiritilgan 35 yillik taqiqlovdan keyin ilk kinoteatr öz işini boşlaydi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  
     
Mamlakat hukumati 5 yil içida butun mamlakat böylab yana 40 ta kinoteatr oçmoqçi. Ma'lum qilinişiça, kinoteatrlar boşqa jamoat joylaridan farqli ravişda, erkaklar va ayollar kinoteatrlariga ajratilmaydi.

Ta'kidlanişiça, katta ekranda körsatiladigan ilk film Marvel studiyasining “Qora pantera” sarguzaşt filmi böladi.

Qirollik rahbariyati kinoteatrlarga taqiqlov olinişini 2017 yilda e'lon qilgandi. Hukumat şu tariqa iqtisodiyotning rivojlanişiga turtki bermoqçi.