Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi MFYda qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi
Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘inida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu yerda 48ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda.
1 ming 440 xonadondan iborat ushbu turar joylar Vatan himoyachilariga topshiriladi. O‘ziga xos harbiy shaharcha bo‘ladigan ushbu mavzeda bolalar bog‘chasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy obektlar barpo etiladi.
Davlat rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bunday uylarning qurilishi mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Vatan himoyachilarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning uzviy davomi ekanini ta'kidladi.
Shavkat Mirziyoyev shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026